"Chelsi" "Real" futbolchisini ijaraga oladi

Aslanov Jasurbek
7 avg 2018, 16:10
"Real" yarim himoyachisi Mateo Kovachich "Chelsi"ga o'tishga yaqin turibdi.

Tomonlar 24 yoshli xavbekning London klubidagi ijarasini kelishib olishdi.

Oldinroq, xorvatiyalik mashg'ulotlarda ishtirok etishdan bosh tortgani haqida ma'lumotlar e'lon qilingan edi.

Kovachichning ijarasi "Real"ni qoniqtirdi, klub shu yo'l bilan futbolchini saqlab qoladi. Transfer haqida yaqin vaqt ichida e'lon qilinishi mumkin.

Oldinroq, "Qirollik klubi" "Chelsi"dan darvozabon Tibo Kurtuani xarid qilmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca