Chelsi Kantega yangi shartnoma taklif qiladi

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2021, 01:54
Futbolchi bilan amaldagi shartnoma 2023 yilgacha mo'ljallangan.

Chelsi Kanteni klubda saqlab qolish niyatida. London klubi futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi va u bilan bir necha oy ichida muzokaralarni boshlaydi. 

30 yoshli Kante 2016 yildan beri aristokratlar safida o'ynab kelmoqda, uning amaldagi shartnomasi 2023 yil yozigacha mo'ljallangan.

O'tgan mavsumda futbolchi 48 o'yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, fransiyalik futbolchi Chempionlar Ligasi finalida Manchester Sitiga qarshi uchrashuvning (1:0) eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://twitter.com/fabrizioromano