“Chelsi” himoyachisi uchun “Milan” va “Yuventus” kurashadi

Eldor Akmurzayev
9 dek 2020, 21:00
“Aristokratlar” himoyachisi Antonio Ryudiger qishda A Seriyaga yo'l olishi kutilmoqda.

Calcio Mercato manbasiga ko'ra, futbolchiga “Milan” va “Yuventus” qiziqmoqda. 27 yoshli futbolchining transferi 20 mln evroga baholanmoqda. Shuningdek, Ryudiger uchun kurashga “Barselona” ham qo'shilishi mumkin, ammo kataloniyaliklar u bilan yozda shartnoma imzolashni rejalashtirgan.

Antonio joriy mavsum APLda atigi bitta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Calciomercato