"Cementchi" shanba kuni "Neftchi" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
26 mar 2015, 19:21
Birinchi liga ishtirokchisi Quvasoyning "Cementchi" jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvini tashkil etmoqda.
Jamoa matbuot xizmatining xabariga ko'ra, bu safar raqib oliy liga vakili "Neftchi" bo'ladi.

Mazkur uchrashuv "Istiqlol" stadionida 28 mart, shanba kuni soat 12:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com