"Bugundan e'tiboran jamoat jam bo'ldi. Osiyo chempionatiga chiqib bo'lgan bo'lsakda, bu o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak. Buni muxlislarimiz ham kutib turishibdi. Jarohatim ham ortda qolganligi natijasida o'zimni ancha yaxshi his etyapman", - deydi Odil Ahmedov.
BAA terma jamoaasining so'nggi yillarda bizga qarshi ko'rsatayotgan o'yini va o'zining maydondagi roli haqida futbolchi shunday deydi:
- Yutqazmaydigan jamoaning o'zi yo'q. Bor e'tiborimizni g'alabaga qaratamiz. Tayanch yarim himoyachisi bo'lganligim uchun himoyada to'p tepish biroz qiyinroq. Ammo jamoaga shu nuqtada kerak bo'lsa, shu joyda harakat qilishga tayyorman. Bugun safimiz ko'plab yoshlarga to'lgan. Biz ham ularga yordam berib boryapmiz. Muxlislarimizni esa 5 mart kuni stadionga taklif qilib qolgan bo'lar edim.