Buskets: "Chim bilan bog'liq holat g'alati tuyuldi"
Aslanov Jasurbek
6 apr 2015, 12:43
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets "Selta" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, unga chim otgan va o'yindan chetlatilgan Fabian Orelyaning harakatlariga izoh berdi.
"Orelyana menga chim otdi. Bu g'alati tuyuldi. Hakam negadir bu vaziyatda aralashgisi kelib qoldi. Mening fikrimcha, qoidabuzarlik bo'lgan, Orelyana jahlda edi. U o'z ahvolini og'irlashtirdi, ammo bunaqasi bo'lib turadi" - deydi Buskets.