Buskets 2023 yil MLS'da to'p tepishi mumkin

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2022, 21:30
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets MLS'ga yo'l oladi.

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, yarim himoyachi kelasi mavsumni aniq Kataloniya jamoasida o'tkazadi, chunki bosh murabbiy Xavi uni loyihaning muhim qismi deb hisoblaydi.

Biroq klub hali Buskets bilan yangi bitim bo'yicha muzokaralarga kirishgani yo'q, shuning uchun MLS jamoalari uni 2023 yilda erkin agent sifatida qo'lga kiritishga harakat qilishmoqchi.

Buskets 2008 yildan beri "Barselona"ning asosiy jamoasida o'ynab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano