"Bunyodkor" va "Lokomotiv" Eron klublaridan qancha ochko olishadi?

Narzulla Saydullayev
12 mar 2017, 11:50
Ertaga Osiyo chempionlar ligasi 3-tur bahslariga start beriladi.

"Bunyodkor" klubi Toshkentda Eroning "Zob Ohan" klubini qabul qilsa, "Lokomotiv" Tehronda "Istiqlol" mehmoni bo'ladi. Sizningcha mazkur o'yinlarda O'zbekiston klublari qanday natijalarga erishishadi? Fikr va taxminlaringizni yozib qoldiring.

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" - "Zob Ohan" uchrashuvi soat 18:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi. Toshkent vaqti bilan soat 20:30da "Istiqlol" - "Lokomotiv" bahsi start oladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia