Bunyodkor – Nasaf. Qanot hakami 2 baho oldi

Narzulla Saydullayev
26 sen 2014, 10:47
Oliy Liga 21-turining ochilish uchrashuvida Qarshining Nasaf jamoasi Toshkentda Bunyodkor ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu o'yinda ishlagan qanot hakami Andrey Sapenko nazoratchi tomonidan 4,0 ballga (2 baho) loyiq ko'rilgan.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning birinchi bo'limida Sapenko "Bunyodkor" yarim himoyachisi Samir Bekrich tomonidan urilgan haqqoniy golni o'yindan tashqari holat deb hisoblagan va bosh hakam golni inobatga olmagandi.

Oliy Liga, 21-tur uchrashuvi
25 sentyabr, payshanba
Bunyodkor (Toshkent) – Nasaf (Qarshi) – 1:2. 3210 tomoshabin.
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent) – 8,1, M. Saidqosimov (Toshkent) – 8,6, A. Sapenko (Toshkent viloyati) – 4,0, I. Xudoydotov (Toshkent) - 8
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gollar: T. Ayupov (86, penalti) – I. Shomurodov (2), A. Gevorkyan (84).
Ogohlantirish: T. Ayupov (87).
Eng yaxshi o'yinchilar: A. G'ofurov – I. Shomurodov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia