Bundesliganing eng yorqin 11 nafar yosh futbolchisi

18 mar 2014, 19:46
Ushbu mavsumda Germaniya chempionatida ko'plab juda yosh futbolchilar maydonga tushdi. Quyida Bundesliganing eng yosh 11 futbolchisi bilan tanishtiramiz.
Niklas Shtark

Tug'ilgan sana: 14 aprel 1995 yil
Klub: “Nyurenberg”
Amplua: tayanch yarim himoyasi

2013/14 yilgi mavsumda 13 o'yinda maydonga tushgan, 3ta sariq kartochka olgan.



Nikles 9 yoshlik paytidan beri “Nyurenberg”da. Bundesligada esa o'tgan yili debyut qilishga ulgurdi.  U “Nyurenberg”ning barcha ysh jamoalarida sardorlik qilishga ulgurgan. 2011 yildan buyon Germaniya yoshlar terma jamoasi safida o'ynaydi.

Marius Gersberg

Tug'ilgan sana: 20 iyun 1995 yil
Klub: “Gerta”
Amplua: darvozabon

2013/14 yilgi mavsumda 1 o'yinda maydonga tushib, 1ta gol o'tkazib yuborgan.



Yoshiga ko'ra u “Gerta”ning to'rt darvozabonidan kichikroq. Biroq shunday bo'lishiga qaramay, u asosiy darvozabon Tomay Kraftga eng birinchi raqamli o'rinbosar hisoblanadi. Ushbu mavsumda u faqatgina bir o'yinda maydonga tusha oldi. Biroq o'sha o'yinda “Gerta” Dortmundning “Borussiya”si ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozongandi.

Per-Emil Xeyberg

Tug'ilgan sana:
5 avgust 1995 yil
Klub: “Bavariya”
Amplua: Markaziy yarim himoyachi

2013/14 yilgi mavsumda 3 o'yinda maydonga tushib, 1ta golli pas bergan.



Istedodli daniyalik futbolchi Bundesligadagi debyutini Xaynes davrida o'tkazgan va Germaniya sempionatida maydonga tushgan “Bavariya” tarixidagi eng yosh futbolchiga aylangandi. Per Zinedin Zidanga taqlid qilishga urinadi. Uning kumiri aynan mana shu buyuuk yarim himoyachi hisoblanadi. Biroq bugungi kunda Gvardiolaning o'yin tizimida ushbu mahoratli futbolchiga o'rin topilmayapti.

Niklas Zyule

Tug'ilgan sana:
3 sentyabr 1995 yil
Klub: “Xoffenxaym”
Amplua: markaziy himoyachi

Ushbu mavsumda 19 o'yinda maydonga tushib, 3 golga mualliflik qilgan, ikkita sariq kartochka olgan.



“Xoffenxaym” bu mavsumda juda ham ko'p gol o'tkazib yuborayotniga qaramay, Niklasga asosiy tarkibdan deyarli doim joy topimoqda. Bo'ydor himoyachi raqib jarima maydonida ham tez-tez paydo bo'lib turadi va u yerda ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oladi. Ushbu yosh yigitdan ko'ra uning ampluasida faqatgina “Xoffenxaym”dan David Abraxam yaxshiroq ko'rsatgichga ega xolos.

Maksimilian Mayer

Tug'ilgan sanasi:
18 sentyabr 1995 yil
Klub: “Shalke-04”
Amplua: markaziy yarim himoyasi

Ushbu mavsumda 21 o'yinda maydonga tushib, 5 golga mualliflik qilgan, ikkita golli pas bergan va 3ta sariq kartochka olgan.



Maks bundesligada ushbu mavsum kashfiyoti bo'lish uchun asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi. Tezkor driblingga ega ekanligi va boshqa abjirlik jihatlari o'xshash bo'lgani uchun uni hozirdanoq Messi va Gyocega qiyoslashyapti. Mayer o'zining ushbu hislatlarini uzoq yillar davomida futzal jamoasi tarkibida to'p tepgani sharofati deb bilishini aytdi.

Mark Shtendera

Tug'ilgan sana:
10 dekabr 1995
Klub:
“Ayntraxt” F
Amplua: hujumkor yarim himoyachi



2013/14 mavsumda faqat bitta o'yinda maydonga tushdi
O'tgan mavsumda Mark “Ayntraxt” tarkibida 5 o'yinda maydonga tushgan. Ushbu mavsum oldidan esa u tizzasidan jiddiy jarohat oldi. Umuman olganda, yaxshi xabarlar ham yo'q emas. U kecha ushbu mavsumda ilk marta o'ynadi.

Valmir Sulaymoniy

Tug'ilgan sana:
1 fevral 1996 yil
Klub: “Gannover-96”
Amplua: qanot yarim himoyachisi

Bu mavsumda u ikki o'yinda maydonga tushib, bitta golli pas bergan


Kelib chiqishi albaniyalik bo'lgan Germaniya fuqarosi 3 oy oldin Bundesligada debyutini o'tkazdi va birinchi o'yinining o'zidayoq golga olib kelgan to'p uzatishini amalga oshirdi. Germaniya o'smirlar terma jamoasi safida to'p tepgan futbolchi kattalar darajasidagi o'yinlarda o'zining tarixiy vatani sharafini himoya qilishi mumkinligini inkor etmayapti.

Jonatan Ta

Tug'ilgan sana: 11 fevral 1996 yil
Klub: “Gamburg”
Amplua: markaziy himoyachi

2013/14 mavsumda u 15 o'yinda ishtirok etib, 1ta golli pas berdi.



Ushbu mavsum oldidan kelib chiqishi ivuarlik bo'lgan eshbe nemis futbolchisi “Gamburg”ning yoshlar tarkibidan asosiy jamoaga o'tkazilgan. Yosh markaziy himoyachi jamoadagi murabbiylar almashuvi davrida ham barqaror ravishda tarkibdan o'rin olib kelmoqda.

Timo Verner

Tug'ilgan sanasi: 6 mart 1996
Klub: “Shtutgart”
Amplua: qanot yarim himoyachisi

2013/14 yilgi mavsumda 23 o'yinda maydonga tushib, 4 golga mualliflik qilib, 4ta golga hammualliflik qildi.



Mavsumning yana bir yorqin kashfiyotlaridan biri. “Shtutgard”ning bundesligadagi eng yosh debyutanti. Bundesligada dublga erishgan eng yosh futbolchi ham aynan u.
Birinchi mavsumidayoq o'spirin yigit kattalardek o'ynab ketdi va allaqachon usta murabbiy qo'l ostida to'p tepishga ulgurdi.

Levin Oztunali

Tug'ilgan sana: 15 mart 1996
Klub: “Bayer”
Amplua: markaziy yarim himoyachi

Ushbu mavsumda 6 o'yinda maydonga tushgan



Lavinning otasi turk, onasi esa  nemis . “Bayer” tarixidagi eng yosh  hisoblanadigan ushbu futbolchi asosan yoshlar jamoasi tarkibida o'ynaydi va vaqti-vaqti bilan  asosiy tarkibga ham taklif etilib turiladi.

Yulian Brandt

Tug'ilgan sana:  2 mart  1996 yil
Klub: “Bayer”
Amplua: qanot yarim himoyachisi

Ushbu mavsumda  4ta o'yinda maydonga tushgan.



Yulian uchun katta futbol  shu yili boshlandi. Biroq yigitcha Chempionlar Ligasida ham to'p tepishga ulgurdi. Biroq bu tajriba u qadar ham yoqimli bo'lmaganini takidlash kerak. “PSJ”ga qarshi liverkuzenliklar qanday o'ynagani yodingizda bo'lsa kerak?

Abror Qodirov tayyorladi

Manba: championat.asia