Bundesliga. “Gerta” o'z uyida ochko yo'qotdi

21 okt 2018, 22:41
Germaniya Bundesligasining 8-turida “Gerta” o'z maydonida “Frayburg”ni engga olmadi.

Bellashuvning 7-daqiqasidayoq mezbonlar yarim himoyachisi Ondrey Duda hisobni ochgan bo'lsa, birinchi bo'limning o'zida mehmonlar muvozanatni tiklashdi. Robin Kox jamoasiga ochko keltiruvchi golga mualliflik qildi.

“Gerta” ayni paytda 15 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog'onasida borayotgan bo'lsa, “Frayburg” 9 ochko bilan 12-pog'onani egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia