Bundan keyin hakamlar olgan baholar e'lon qilinmaydi
Xayrulla Xoliqov
4 noya 2017, 13:08
Bizga ma'lum bo'lishicha, bundan buyon oliy liga o'yinlarida ishlaydigan hakamlarning bahosi e'lon qilinmaydi. Bu holat mana shu turdayoq sodir bo'ldi.
PFL rasmiy saytida bugun kecha bo'lib o'tgan 27-turning uchta uchrashuvi protokollari e'lon qilindi. Lekin unda hakamlar bahosi ko'rsatilmagan. Bundan keyin hakamlar qo'yiladigan ball nima sababdan berilmasligi hozircha rasman ma'lum emas.