Bugun sentyabr oyining eng yaxshilarini e'lon qilamiz

Xayrulla Xoliqov
6 okt 2017, 12:59
Ma'lumki, saytimiz har oyning "Eng yaxshi futbolchisi" va "Eng yaxshi murabbiyi"ni aniqlab boradi.

Albatta, bu faqat Championat.asia xodimlari tomonidan aniqlanadi va laureatlar rasmiy maqomga ega emas. Biz hozircha o'zbek futboliga bo'lgan qiziqishni oshirish maqsadida ham ichki chempionatdan kelib chiqib oyma-oy eng yaxshilarni aniqlab boryapmiz. 

Shunday ekan, bizni kuzatishda davom eting, tez orada sayt talqiniga ko'ra o'tgan oyning eng yaxshilarini ma'lum qilamiz. Xo'sh, sizningcha, o'tgan oyda qaysi murabbiy va futbolchi o'zini boshqalarga nisbatan ko'proq ko'rsatdi?



Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia