Bugun qur'a. CHL va ELda qanday juftliklar bo'lishini istaysiz?

Aslanov Jasurbek
13 apr 2018, 12:10
Bugun UEFAning Non shahridagi shtabida Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi yarim final juftliklarini aniqlash uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Yevropa ligasi 1/2 final bosqichiga chiqqan jamoalar:

"Arsenal", "Marsel", "Zalcburg" va "Atletiko".

Turnirning qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi.


Chempionlar ligasi yarim final bosqichiga yo'l olgan klublar:

"Liverpul", "Roma", "Bavariya", "Real".

Ushbu musobaqaning qur tashlash jarayoni 16:00dan efirga uzatiladi.


Yevropa ligasi va Chempionlar ligasi yarim final bosqichida qaysi jamoalar o'zaro o'yin o'tkazishini istaysiz? Izohlarda o'z variantingizni yozib qoldiring.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia