Bugun Malayziyada yangi mavsum start oladi

Narzulla Saydullayev
1 fev 2019, 15:01
Bugun, 1 fevral kuni Malayziya Superligasida 2019 yilgi mavsum boshlanadi.

O'zbekistonlik yarim himoyachi Sanjar Shoahmedov faoliyat olib borayotgan "Terengganu" klubi 1-turni bugun o'z uyida PKNS klubiga qarshi o'tkazadi.

Ma'lumot uchun, Malayziya Superligasida 12ta jamoa ishtirok etadi. "Joxor" o'tgan yilgi chempion hisoblanadi. "Terengganu" esa 2018 yilni 5-o'rinda tugatgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia