Bugun Italiya va Ispaniya to'qnashuvi

Narzulla Saydullayev
24 mar 2016, 12:03
Bugun Yevropa qitasida bir qator terma jamoalar o'zaro o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazib olishadi.

Yevropa chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoalar FIFA kunidan unumli foydalanib o'yinlarda ishtirok etishadi.

Ular orasida Italiya va Ispaniya o'rtasidagi bahsga qiziqish juda katta. Konte boshchiligidagi Yevropaning amaldagi vice-chempioni Udine shahridagi "Dachiya Arena"da amaldagi Yevropa chempionini qabul qiladi.

Quyida bugungi o'rtoqlik o'yinlarining to'liq ro'yxati bilan tanishib olishingiz mumkin: (soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan)
19:00 - Malta - Moldova
22:00 - Estoniya - Norvegiya
23:00 - Gretsiya - Chernogoriya
23:45 - Turkiya - Shvetsiya
00:00 - Ukraina - Kipr
00:00 - Daniya - Islandiya
00:45 - Italiya - Ispaniya
00:45 - Chexiya - Shotlandiya
00:45 - Uels - Shimoliy Irlandiya


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia