

Mazkur bahs soat 20:00da Toshkentdagi "Milliy" stadionda boshlanadi. Kecha ikkala jamoa bosh murabbiylari o'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
KXDR bosh murabbiyi: "Ertangi o'yinda asosan yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazamiz"
O'zbekiston terma jamoasi KXDR bilan shu kunga qadar 9 marta to'qnash kelishgan. Vakillarimiz olti marta g'alaba qozonishgan. Ikkita uchrashuvda durang kuzatilgan va bir marta koreyslar bizni taslim qilishgan.



