

BAA mezbonlik qilayotgan musobaqaning 3-turida Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan kuch sinashadi. Bu uchrashuv Al Ayndagi "Xalifa bin Zayd" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 17:30da (Toshkentda 18:30) boshlanadi.
Kecha ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Xajime Moriyasu: "O'zbekistonni mag'lub etib, guruhda birinchi bo'lishni istaymiz"
Ektor Kuper: "Pley-offda biz raqib tanlamaymiz"




