Buffon: "Bu safar g'alaba qozonmasak nohaqlik bo'lardi"

5 noya 2014, 23:54
"Yuventus" sardori Janluiji Buffon "Olimpiakos" bilan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Bizni g'alabamiz bu o'yindagi chiroyli va haqli yakun bo'ldi. Biz ikkita gol o'tkazib yuborgan bo'lsakda, raqibdan ko'ra ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ldik va nihoyat ular ustidan g'alaba qozonishga erishdik. O'tgan uchrashuvni ham hisob olganda, bu g'alaba  haqli tarzda qo'lga kiritildi. Omad endi bizga kulib boqdi. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas edi. Hisob 1:2 bo'lgan vaziyatda ishonchsizlik yuzaga kelgandi. Lekin g'alaba qozona olishimizga ishongandim. Gretsiyada bo'lgan o'yinda ham juda ko'plab vaziyatlarda omad bizdan yuz o'girgandi.

Manba: sports.ru