"Barselona" Brunu Fernandesh orqali Rodrigoni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2020
"Barselona" "Valensiya" forvardi Rodrigoni qo'lga kiritish uchun "Sporting" yarim himoyachisi Brunu Fernandeshni sotib olmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi portugaliyalik xavbekni xarid qilib, tezda uni "Valensiya"ga ijaraga berib yubormoqchi. "Barselona" barter tariqasida Rodrigoni qo'lga kiritishi mumkin.

Bundan tashqari, ma'lum bo'lishicha, Rodrigo "Valensiya"ning bugungi mashg'ulotini o'tkazib yuboribdi. Futbolchi ayni damda Barselonada jarohatlangan tizzasini tibbiy ko'rikdan o'tkazmoqda.

Oldinroq, Fernandeshga "Manchester Yunayted" qiziqayotgani e'lon qilingan edi. Angliya klubi bir nechta taklif yubordi, biroq "Sporting" ularning barchasini rad etdi. Portugaliyaliklar transfyerdan 80 mln. evro ishlab olmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca