Branislav Ivanovich: "Evrokuboklar finalida gol urishdan yaxshiroq hissiyot yo'q"

Narzulla Saydullayev
16 may 2013, 12:37
Yevropa ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Branislav Ivanovich o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Evrokuboklar finalida gol urishdan yaxshiroq hissiyot yo'q. Ajoyib holat va faoliyatimdagi eng muhim gol. Ushbu g'alabani butun jamoa qo'lga kiritdi. Juda qiyin o'tgan mavsumni biz sovrin bilan tugatishimiz shart edi. G'alabadan shodlanish lozim.

Ushbu kubokni muxlislarimizga bag'ishlaymiz, biz chempionatda ham kurashdik, Yevropa ligasida ham o'zimizni ayamadik.

Birinchi bo'limda "Benfika" bizdan ko'ra yaxshiroq o'ynadi. Tanaffusdan keyin hisobni ochdik, menimcha "Chelsi" g'alabaga haqli edi. Oldimizda chempionat doirasidagi uy o'yinimiz bor o'sha kuni g'alaba qozonib muxlislarimiz bilan birga bugungi sovrinni bayram qilishimiz kerak", - deydi Ivanovich UEFA rasmiy saytiga.

Narzulla SaydullayevMuallif