"Borussiya" Xoland bo'yicha "Chelsi"dan rasmiy taklif olmadi

Alisher
25 iyul 2021, 08:16
Dortmundning "Borussiya" klubi forvard Erling Xoland bo'yicha rasmiy taklif olmadi.

21 yoshli norvegiyalik futbolchi hech bir klub bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishish huquqiga ega emas.

Forvard bilan yozda shartnoma imzolash uchun haqiqiy muammo - "Borussiya"ning poziciyasi.

Xoland 2020/21 yilgi mavsum "Borussiya" tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 41ta gol va 12ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano