"Borussiya" Bellingemga o'rinbosar topib qo'ydi

Omonjon To`xtamirzayev
24 fev 2023, 10:31
Dortmundning "Borussiya"si "Ayntraxt" vakili Daychi Kamadani o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Klub vakillari Yaponiya termasi a'zosining agentlari bilan yozdagi ehtimoliy transfer bo'yicha uchrashuv o'tkazgan. 

Eslatib o'tamiz, Daichi Kamada yozda erkin agentga aylanadi.

Kamada hisobida "Ayntraxt" safida 30 uchrashuvda 13 ta gol va 5 ta golli uzatma mavjud.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Bild