Bonuchchi: "Yuventus" yana formaga kirib olishi zarur"

Tolibjon Qosimov
14 fev 2020, 15:28
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi Italiya kubogi yarim final birinchi uchrashuvi doirasida "Milan" bilan bahs (1:1)dan keyin jamoasining o'yini haqida gapirdi.

"Safarda gol ura olganimiz juda yaxshi bo'ldi. Lekin, "Yuventus"dek jamoa "Milan"ga hisobni ochishga imkon bergani va g'alabani xavf ostida qoldirganidan mamnun bo'lishi kerak emas. Formaga kirib olish, qo'shish va yaxshiroq o'ynash kerak. O'yin yomon o'tmadi, lekin "Milan" yuqori pressing uyushtirdi va bizga etarlicha muammolar tug'dirdi. Bu haftada ko'rsatgan o'yinlarimiz biz uchun etarli daraja emas.

Biz uchta frontda kurashyapmiz, lekin ortiqcha fintlarsiz va tezroq o'ynashimiz zarur. Shukrki, bizda uchrashuv borishini o'zgartirib yubora oladigan o'yinchilar bor", - dedi Bonuchchi.


"Yuventus" va "Milan" o'rtasidagi javob uchrashuvi 4 mart kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football-italia.net