Boburjon Omonov: "Buxoro"ning tarixdagi 1000-golini ko'rish meni behad xursand qildi"

Narzulla Saydullayev
24 noya 2016, 14:59
"Buxoro" - "Sho'rtan" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar himoyachisi Boburjon Omonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Mavsumdagi so'nggi uchrashuvini ijobiy natija bilan yakunlaganimizdan juda xursandmiz. Bundan tashqari "Buxoro"ning tarixdagi 1000-golini ko'rish va unda bevosita ishtirok etish meni behad xursand qildi. Fursatdan foydalanib bu yil jamoani faqat oldinga undab, yaxshi va yomon kunlarda biz bilan yonma-yon yurgan muxlislarimizga katta minnatdorchilik bildiraman.

Men shunday mahoratli murabbiylar va futbolchilar bilan bir jamoada ekanligimdan faxrlanaman. Viloyatimiz va jamoa rahbarlariga alohida minnatdorchilik bildiraman", - deydi Boburjon Omonov. 

"Buxoro" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia