Birlashgan superkubok bugun start oladi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2014, 18:08
Isroil poytaxti Tel-Aviv shahrida Rossiya va Ukraina klublari ishtirokida "Birlashgan superkubok" musobaqasi bugun boshlanadi.
Unda SSKA, "Zenit", "Shaxtyor" va "Metallist" qatnashadi. Turnir g'olibi 330 ming, ikkinchi o'rin sohibi 250 ming, uchinchi pog'ona sohibi 220 ming va oxirgi o'rindagi jamoa 200 ming evro bilan taqdirlanadi. Ushbu musobaqa orqali birlashgan chempionatni tashkil etish g'oyasi qanday ko'rinish olishini tahlil etishmoqchi.

Uchrashuvlar "Rossiya 2" telekanali orqali translyatsiya qilinadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia