Bild: "Dinamo Kiev" Vieyrinyaga davogar

Narzulla Saydullayev
28 noya 2014
Portugaliyalik yarim himoyachiga Kiev klubi qiziqib qoldi.
Bild nashrining xabariga ko'ra, "Volfsburg"ning 28 yoshli yarim himoyachisi Vieyrinya klub bilan yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirish borasida yakuniy qarorga kelgani yo'q.

Tomonlar muzokara o'tkazishmoqda. Portugaliyalik futbolchi  "Volfsburg" rahbariyatidan maoshini sezilarli tarzda oshirishlarini so'ramoqda.

Vaziyatni PAOK, "Napoli" va Kievning "Dinamo" klublari kuzatishmoqda. Ukraina klubi 2013 yil yozida ham Vieyrinyani qo'lga kiritmoqchi bo'lgandi, biroq transfer amalga oshmagandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.ua