

Beyl 2013 yilda "shporlar"dan "Qirollik klubi"ga o'tgan.
"Bir necha yil oldin mavsumoldi uchrashuvida "Tottenxem" darvozasiga gol urganman va uni nishonlamagan edim. O'ylashimcha, hammasi o'sha kun o'zingizni qanday his qilishingizga bog'liq. Agar bu 91-daqiqada urilgan g'alaba goli bo'lsa, uni nishonlashdan o'zingizni tutib tura olasizmi?" - deydi Beyl.
"Real" va "Tottenxem" o'rtasidagi uchrashuvi 17 oktyabr Madridda, Londondagisi esa 1 noyabrda bo'lib o'tadi.



