Benzema Fransiya terma jamoasiga omad tiladi

Sherzod Nurmatov
12 dek 2022, 10:19
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema JCH-2022 yarim finali oldidan fransiyalik futbolchilarni qo'llab-quvvatladi.

"Qani, yigitlar, yana ikkita o'yin, biz deyarli marradamiz! Men sizlar bilanman. Olg'a!", – deb yozdi Benzema ijtimoiy tarmoqlarda.

Fransiya 14 dekabr kuni JCH-2022 yarim finalida Marokashga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.

Benzema Fransiya terma jamoasining turnirda ishtirok etayotgan qaydnomasiga kiritilgandi, biroq jarohati tufayli o'yinlarda ishtirok etolmadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana