Benzema ertaga "Real" bilan shartnomasini uzaytiradi. Uning tovon puli 1 mlrd evroligicha qoladi

Aslanov Jasurbek
20 avg 2021, 00:35
"Real Madrid" Karim Benzema bilan yaqin orada yangi bitim imzolaydi.

L’Équipe nashrining xabar berishicha, ertaga "Real Madrid" klubi o'z hujumchisi Karim Benzema bilan yangi shartnoma imzolaydi. Bitim 2023 yilning yozigacha davom etadi.

Benzema va klub o'rtasidagi 2017 yil imzolangan shartnomada futbolchining tovon puli 1 mlrd evro etib belgilangandi. Yangi kelishuvda ushbu band o'z holicha qoladi. 

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Karim Benzema  La Liga doirasida 34 o'yinda maydonga tushib 23 ta gol kiritishga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Équipe