Benzema "Al Ittihod" tarkibi kuchayishini xohlamoqda

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2024, 20:02
Saudiya Arabistoni futboli rahbarlari Karim Benzemaning Yevropaga qaytishiga qarshi.

Ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatdagi top klublar investiciyalarini boshqaradigan Saudiya Arabistoni Suveren Jamg'armasi (PIF) "Al Ittihod"ning 36 yoshli forvardining Yevropaga qaytishini eshitmoqchi emas.

Klub rahbariyati bilan kelisha olmayotgan Benzema mashg'ulotlarga 17 kun kech kelgan. Fransiyalik jamoa yanada raqobatbardosh bo'lishi uchun unga yuqori darajadagi futbolchilarni olish kerak deb hisoblamoqda. Shu sababli u "Al Hilol" darajasida tarkib kuchayishini xohlayapti.

Bundan tashqari, klub undan murabbiy haqida fikr so'rashi kerak ekan.

PIFdagilar futbolchining talab va takliflarini ko'rib chiqib, optimal qaror qabul qilish ustida ishlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Équipe