“Benfika” klubi bosh murabbiyi, klub muxlisini himoya qilish maqsadida policiya xodimlari bilan tortishib ketdi

23 sen 2013, 15:24
“Benfika” klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush, lissabonliklar klubi muxlisini urayotganliklariga chidab turolmay, policiya xodimlariga tashlanishga majbur bo'ldi.
Portugaliya chempionati 5-tur doirasida “Benfika”ning “Vitoriya” klubiga qarshi o'yinidan so'ng (1:0), “burgutlar” muxlisi g'alabani nishonlash maqsadida maydonga yugurib chiqdi.

Biroq policiya xodimlariga muxlisning bu qilig'i yoqmadi va ular muxlisni qattiq jazolay boshlashdi. Jesush bunday qattiq jazolashga chidab turolmadi va policiya xodimlaridan klub muxlisini himoya qilishga kirishib ketdi.

Manba: football.kulichki.net