"Benfika" Diego Kostaga 3 million evrolik maosh va 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda

Alisher
9 mar 2021, 09:00
"Atletiko" sobiq hujumchisi Diego Kosta faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Unga "Benfika" qiziqish bildirmoqda. Lissabon klubi hujum chizig'ini kuchaytirish uchun variantlar izlamoqda va ispan-brazil forvardi uchun yiliga 3 million evrolik maosh va 2 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.

Bundan tashqari, "Benfika" o'yinchiga shartnoma imzolashi uchun 3 mln evro atrofida to'lashga tayyor.

Futbolchi joriy mavsum "Atletiko" libosida 7ta (5tasi zaxiradan) o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal