

"Sky Sports" xabariga ko'ra, har ikki klub allaqachon futbolchining agentlari bilan bog'lanib, muzokaralar olib boryapti. 19 yoshli angliyalik futbolchining transfer narxi 100 million evrodan oshishi mumkin. Avvalroq futbolchi uchun kurashda "Manchester Siti" ham ishtirok etgandi.
Yarim himoyachi joriy mavsum dortmundliklar safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning kelishuvi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 110 million evroga baholanyapti.



