Bekxem Ronalduni qo'llab-quvvatladi va uni o'z klubiga taklif qildi

Sherzod Nurmatov
16 noya 2022, 18:06
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda Amerikaning "Inter Mayami" klubi xo'jayini Devid Bekxem mankunianlar hujumchisi Krishtianu Ronalduni o'z jamoasiga chaqirmoqda.

Bu haqda "The Sun" nashri xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq 37 yoshli portugaliyalik shov-shuvli intervyu berib, ingliz klubi rahbariyati va bosh murabbiy Erik ten Hagani tanqid qilgandi.

Bekxem "Manchester Yunayted" o'z futbolchisiga hurmatsizlik ko'rsatdi, deb hisoblaydi. Shuningdek, Ronalduni tanqid qilgan "qizil iblislar" sobiq futbolchilarini ham qoraladi.krishtianu r

Ronaldu joriy mavsum Angliya jamoasi safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Portugaliya terma jamoasi futbolchisining mankunianlar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun