Beyl so'nggi to'rt yilda uchinchi bor Uelsda yil futbolchisi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
8 okt 2013, 07:18
Real yarim himoyachisi Garet Beyl 2013 yilda Uelsning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'ldi.
Shunday qilib, 24 yoshli futbolchi oxirgi to'rt yilda uchinchi bor ushbu sovringa ega chiqdi. 2012 yil Liverpul vakili Jo Allen eng yaxshi bo'lgandi.

Uels tarixida bu sovringa uch marta erishish holati ikki bor qayd etilgan: Mark Xyuz (1993,1994, 1997) va Jon Xartson (1998, 2001,2003).

O'tgan mavsumda Beyl Tottenxem safida 44ta o'yinda 26ta gol urib 15ta golli pas oshirgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru