Baxtiyor Ashurmatov: "Bizga hakamlar haqida gapirish mumkin emas, lekin..."

Narzulla Saydullayev
27 avg 2013, 18:37
"Guliston" - "Paxtakor" (2:3) uchrashuvidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
"Menimcha o'yin qiziqarli o'tdi. Qoniqarsiz natijalar tufayli muxlislarimiz soni kamayib ketdi. Bugungi o'yin boshida yigitlarim bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Ammo o'yin boshida himoyachimiz chetlatilgani o'yinimizga ta’sir qildi va ikkinchi bo'limda mag'lub bo'ldik. Bugungi g'alaba bilan "Paxtakor"ni tabriklayman. Ammo bunday hakamlik bilan g'alaba qozonish achinarli. "Paxtakor" futbolchilariga umuman etirozim yo'q. To'g'ri bizga hakamlar haqida gapirish mumkin emas, ammo shu qarorlar tufayli futbolchilarimning bor harakati yo'qqa chiqdi. Bunga nima sabab bo'lganini bilmadim, balki hakamlik saviyasi pastdir? Lekin barcha aybni hakamlarga ag'darmoqchi emasman", deydi Ashurmatov.

- Sizningcha Sattaevga berilgan qizil kartochka haqqoniy bo'ldimi?

- Yo'q. O'sha vaziyatda to'p ikki metr masofadan uning qo'liga tekkandi, masofa juda yaqin edi. O'ylaymanki bu vaziyatni hakamlar qo'mitasi ko'rib chiqadi va kerakli xulosalar chiqaradi. Menimcha qizil kartochkaga tortadigan vaziyat emasdi.

Enver Gafarov yozib oldi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia