"Bavariya" Zabitcer uchun 16 mln evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
28 avg 2021, 22:22
"Bavariya" "Leyptsig" futbolchisiga ko'z tikkan.

"Bavariya" klubi 27 yoshli futbolchi Marsel Zabicer uchun "Leyptsig" klubiga 16 mln evro to'lashga tayyor. Futbolchi bilan o'zaro shartnoma borasida kelishib bo'lingan. O'yinchi "Leyptsig"ning Bundesligadan o'rin olgan navbatdagi o'yini qaydnomasiga kiritilmagan. 

"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamidjich ham, klub aynan Zabitcer transferi ustida ishlayotganini tasdiqlagan. 

Oldinroq xabar berilganidek, 27 yoshli Zabitcer "RB Leyptsig" bilan 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomasini uzaytirishni rad etgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bayern & Germany