"Bavariya" sobiq darvozaboni Kanning uyiga o'g'ri tushdi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2017, 14:42
Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Oliver Kanning uyiga o'g'ri tushdi.

Jinoyatchilar Kanning uyidan seyfni o'marib ketishdi.

Voqea sodir bo'layotgan paytda Kan va uning oilasi uyda bo'lmagan, shu sababli o'g'rilardan hech kim jabrlangani yo'q. Hozircha zarar miqdori aniq emas, biroq bu oltita raqamli mablag' bo'lishi taxmin qilinmoqda.

Kan faoliyati davomida 864ta uchrashuv o'tkazgan, ularning 86tasi milliy jamoada bo'lgan. Darvozabon faoliyatini 2008 yilda yakunlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Focus