"Bavariya" Ronalduni sotib olmoqchi bo'lganini tasdiqladi

Оқил Абдубарноев
2 sen 2022, 21:35
"Bavariya" yozgi transfer oynasida Krishtianu Ronalduni sotib olishi mumkin edi.

Myunxen klubi sport direktori lavozimini egallab turgan Hasan Salihamijich futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan muzokaralar olib borilganini tasdiqladi.

"Ronaldu ulkan istedod sohibi hamda futbol olamida o'z izini qoldira olgan buyuk futbolchi. Ammo biz uchun bu variant ustuvor emasdi", dedi Salihamijich.

Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"da qoldi. Yevropaning top-ligalarida esa transfer oynasi allaqachon yopildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland