"Bavariya" "Real" himoyachisi Karvaxal xizmatlariga qiziqib qoldi

Aslanov Jasurbek
29 okt 2015, 14:47
"Bavariya" murabbiylar shtabi "Real" himoyachisi Daniel Karvaxal xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis grandi Karvaxalni 30 yoshli Rafinyaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda va 23 yoshli Karvaxal barcha talablarga javob beradi.

"Real" esa o'z futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emas. Agar "Qirollik klubi" Karvaxalni sotishga qaror qilsa, "Bavariya" futbolchi uchun 30 mln. evro to'lashiga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS