“Bavariya” Niko Kovachga o'rinbosar topib qo'ydi

U ayni damda Angliyada ishlamoqda.

“Bavariya” agarda jamoa bosh murabbiyi Niko Kovachni iste'foga chiqaradigan bo'lsa, u holda uning o'rniga “Tottenxem” ustozi Maurisio Pochettinoni olib kelishni reja qilmoqda. Ma'lum bo'lishicha, myunxenliklar Kovachning ishidan qoniqmayapti.

Pochettinoning esa o'z o'rnida “Tottenxem” bilan joriy mavsumdagi natijalariga havas qilib bo'lmaydi.


Manba: Sport1