"Bavariya" Filipp Lamning sport direktori bo'lishiga umid qilmoqda
Tolibjon Qosimov
24 may 2017, 20:32
"Sport1"ning ma'lum qilishicha, "Bavariya"dagilar jamoaning sobiq himoyachisi Filipp Lam klubda sport direktori lavozimini egallashiga umid qilishmoqda.
Bu haqda boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaync Rummenigge ma'lum qildi. Eslatib o'tamiz, Matias Zammer ketganidan keyinoq 2016 yil iyulida Lamga sport direktorilik taklif qilingan. Lekin, o'shanda futbolchi buni rad etgan edi.