Bartomeu: "Dani Alves bilan muzokaralar yakunlangani yo'q"

Aslanov Jasurbek
11 apr 2015, 17:11
"Barselona" murabbiylar shtabi va rahbariyati Dani Alves bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokaralar yakunlangani yo'q deb hisoblaydi.

Bu haqda Kataloniya klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu ma'lum qildi.

"Baroselona" xarid qilish yoki shartnoma uzaytirish uchun doimo futbolchilar bilan muzokara olib borgan. Alvesga keladigan bo'lsak, u bilan jarayon yakunlandi deb o'ylamayman. Agar u "Barselona"ning taklifiga rozi bo'lsa jamoada qoladi. Har kimning o'z strategiyasi bor" - deydi Bartomeu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com