Barselonaning yozdagi asosiy transfer maqsadi ma'lum

Khoja
16 noya 2024, 07:48
Barselona klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida asosiy transfer maqsadini belgilab olgan.

Kataloniya klubi yozda Niko Uilyamsni o'z safiga qo'shib olish uchun jiddiy kirishadi. Atletik va Ispaniya milliy jamoasining vingeri Barsaning asosiy transfer nishoniga aylangan.

Eslatib o'tamiz, Barselona ushbu o'yinchini yozda o'z safiga qo'shib olishga intilgan, ammo futbolchining o'zi Atletikda qolishga qaror qilgandi.

Ma'lumot uchun, 22 yoshli vinger joriy mavsum La Ligada 11 o'yinda bitta gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com