"Barselona"dan keyin "Real" ham shunday muammoga uchradi

4 okt 2019, 19:07
Ayni paytda "Real" klub ham kataloniyaliklar kabi chap qanot himoyachisiz qoldi.

"Qaymoqranglilar" himoyachisi Marselo jarohat orttirib olgani ma'lum bo'ldi. 31 yoshli braziliyalik tashxis natijasiga ko'ra, uning o'ng oyog'ida muammo bor, son qismini cho'zib olgan. Tiklanish muddati kechroq e'lon qilinadi.

Shu tariqa, ayni vaqtda "Real" nominal chap qanot himoyachisiz qoldi – Ferlan Mendi va Nacho Fernandes singari futbolchilarda ham jarohat bor. "Real" ertaga La Liga 8-turida "Granada"ga qarshi o'ynaydi. 

Firpo "Inter"ga qarshi o'ynamaydi. "Barselona"da sog'lom chap qanot himoyachi qolmadi 

O'xshash yangiliklar


Manba: realmadrid.com