Firpo "Inter"ga qarshi o'ynamaydi. "Barselona"da sog'lom chap qanot himoyachi qolmadi

2 okt 2019, 20:30
"Barselona" himoyachisi Junior Firpo Chempionlar ligasi 2-turidan joy olgan "Inter"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Futbolchi mashg'ulotda o'zini noqulay his qilgan. Kuzatuvlar shuni ko'rsatdiki, Firpo o'ng oyoq sonidan shikastlangan. Shu tariqa, kataloniyaliklar safida "Inter"ga qarshi o'yin oldidan sog'lom bo'lgan chap qanot himoyachi qolmadi. Jordi Alba 17 sentyabrdan beri jarohati bois o'ynamay kelmoqda.  

Eslatib o'tamiz, "Barselona" - "Inter" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00da boshlanadi va championat.asia sayti ushbu to'qnashuvni matnli translyatsiya qilishni rejalashtirgan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: fcbarcelona.com