"Barselona"da sog'lom markaziy himoyachilar qolmadi

Mirjalol Normatov
30 noya 2020, 16:10
Kataloniyaliklar tarkibida muammolar paydo bo'lmoqda.

Himoyachi Kleman Langle "Osasuna"ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat olgan. "Marca" xabariga ko'ra, jarohat jiddiy emas, biroq fullbek 1 yoki 2 o'yinni o'tkazib yuboradi.

Bunga qadar kataloniyaliklarning 3 nafar markaziy himoyachilari Samyuel Umtiti, Ronald Arauxo va Jerar Pike ham lazaretga olingandi. Shu orqali, "Barselona"da sog'lom markaziy himoyachilar qolmadi.

"Barsa" oldindagi uchrashuvlarda akademiyasi futbolchilaridan foydalanishga majbur bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca