Barselona Sunigani 15 million evroga sotib olishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
1 may 2014, 09:40
Barselona Napoli yarim himoyachisi Xuan Sunigaga qiziqmoqda.

Kataloniyaliklar Kolumbiya terma jamoasining 28 yoshli futbolchisini 15 million evroga sotib olishlari mumkin. Boshqa jamoalar esa futbolchini qo'lga kiritish uchun ikki baravar ko'p to'lashlariga to'g'ri keladi.

Suniga va "Napoli" o'rtasidagi shartnomada shunday band bor.

Shuningdek, Suniga Maskerano yoki Songga almashtirilishi mumkin.

Kataloniyaliklar Sunigani mavsum yakunlanganidan so'ng "PSJ"ga o'tib ketishi mumkin bo'lgan Daniel Alvesning o'rniga mo'ljallashmoqda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru