"Barselona" "Sevilya" futbolchisini nishonga oldi

Mirjalol Normatov
26 mar 2019, 19:10
"Barselona" "Sevilya" yarim himoyachisi Kvinsi Promesni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

AS xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 27 yoshli gollandiyalikni ancha vaqtdan buyon kuzatib bormoqda. Uning o'yinlari "Barselona" ustozi Ernesto Valverdega maqul kelmoqda.

Oldinroq andaluziyaliklar futbolchining tovon pulini 150 million evro etib belgilagani borasida ma'lumotlar berilgandi. U o'tgan yozda 20 million evro evaziga "Sevilya"ga o'tgandi. Bu mavsumda u jamoasi tarkibida 41 o'yinda 2 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS